Сайт продается, подробности: whatsapp telegram
Скачать:TXTPDF
Rojdestvo arafasidagi tun

bo‘ldi, telpagini qattiqroq bostirib olib o‘zini, shaytonni, hamrohini koyib ketdi. Ammo uning bunday xafaligi ham ayyorlik edi, chunki bo‘ron ko‘tarilganiga xursand edi. Munshinikiga hali bosgan yo‘llariga qaraganda sakkiz marta ko‘proq yo‘l bosish kerak. Xullas, yo‘lovchilar ketlariga qaytdilar. Shamol orqadan urardi, lekin bo‘rondan hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi.

Bir oz yurgach, Chub hamrohiga qarab: «Shoshma, og‘ayni, boshqa yo‘lga kirib ketibmiz shekilli. Bitta ham uy ko‘zimga ko‘rinmayapti. Shunday ham bo‘ron bo‘ladimi? Sen sal burilibroq anavi tomonga yur-chi, zora yo‘l topsang. Men buyoqdan qaray. Shunday bo‘ronda ko‘chaga sudraganini qara, shaytonning ishi-da, bu! Yo‘lni topsang meni chaqir, yodingdan chiqmasin. Bachchag‘ar mal’unni qara, ko‘zimga qorni toza uribdi!» — dedi.

Biroq, yo‘l ko‘rinmas edi. Hamrohi oyog‘ida uzun qo‘njli etik bilan, tentirab-tentirab, aroqxonaga borib qoldi. Dunyo topgandek suyunganidan, ko‘chada qolgan hamrohini unutib, ustidagi qorni qoqib, ichkariga kirib bahuzur o‘tiraverdi. Bu orada Chub ham yo‘l topganday bo‘lib, hamrohini chaqirib-baqirishga tutindi, hamrohi ovoz bermagandan keyin, o‘zi ketaverdi. Borsa, o‘zining uyi. Uyining oldiga qor uyulib qolibdi, tomini ham ko‘rib bo‘lmaydi. Sovuqdan to‘ngan qo‘li bilan eshikni urib taqillatib qizini chaqirdi.

Eshik ochgani chiqqan temirchi:

— Kimsan, nima deysan? — deb baqirdi.

Chub temirchining tovushini tanib, ketiga surildi. Ichida: «Bu mening uyim emas ekan… Menikiga temnrchi kirolmas edi. Lekin mundoq qaraganda, temirchining uyi ham emas. Kimniki bo‘lsa ekan? Ana xolos, taniyolmaganimni qara! Yaqinda yosh xotin olgan Levchenko cho‘log‘niki bo‘lsa kerak. Faqat uning uyi menikiga o‘xshaydi. Nega darrov kelib qoldim, dedim-a. Ammo Levchenko hozir munshinikidaligini yaxshi bilaman, temirchi nima qilib o‘tiribdi bunda?.. yosh xotinining oldiga kelib yurarkan-da! Yaxshi, endi tushundim».

Temirchi yaqinroq kelib yanada qattiqroq do‘q bilan:

— Kimsan, eshikma-eshik nima qilib yuribsan? — dedi.

Chub ichida: «Kimligimni aytmayin. Manglayi qora, tag‘in urib-netib yurmasin!» deb ovozini o‘zgartirib:

— Duogo‘y bir odamman, ramazon aytib keldim! — dedi.

— Io‘qol, boshni qotirmay! — dedi Vakula baqirib. — Nega yana ketmasdan turibsan, yo‘qol, ket, hozir ket!

Chubning o‘zi ham, baloga qolmasdan keta qolay, deb turib edi-yu, ammo temirchining buyrug‘i alam qildi.

Xuddi shayton pinjiga kirib, temirchiga qattiqroq gapir, deb vasvasa qilayotganday bo‘ldi. Chub ovozini haligidek bo‘lakcha qilib:

— Senga nima bo‘ldi, muncha baqirasan? Nima, ramazon aytgani ham qo‘ymaysanmi, xohlasam aytaveramanda! — dedi.

— Eh-ha! Tilingni tiymaysanmi hali!.. — Bu gapdan keyin Chub yelkasiga yaxshigina bir musht tushganind sezib qoldi.

Ketiga ozroq tislanib turib:

— I-ye, hali mushtlashmoqchimisan! — dedi.

Temirchi yana turtib:

— Ket-ket! — deb baqirdi.

— Senga nima bo‘ldi, i-ye! — dedi Chub. — Rostakamiga, jon-jahding bilan uryapsan-a! — Uning ovozida alam ham, og‘riq ham bor edi.

— Ket, ket, yo‘qol! — deb eshikni yopib oldi temirchi.

Chub ko‘chada yolg‘iz qolib:

— Botirligini qara-ya, yaqiniga borib bo‘lmaydi, Shoshmay tur hali, kerilma, shahar bedarvozami! Senimi, bola, to‘ppa-to‘g‘ri hokimga arz qilaman. Temirchiliging-u, bo‘yoqchiliging menga pisand emas. Qani, yelkam bilan orqamga qaray-chi, ko‘karib chiqqandir. Bachchag‘ar yomon urdi shekilli! Sovuq bo‘lmasa-yu, po‘stinimni yechib… shoshmaytur shaytonning temirchisi, meni urding, seni shayton ursin, temirchi do‘koningga jin teksin, shoshma, hali, seni xo‘p o‘ynataman! La’nati, dorga osilgur! I-ye, shoshma, hozir-ku, uyidamas, Soloxa yolg‘iz o‘tirgandir… Ha… uyi uzoq ham emas. Borsammikin! Vaqt ham shundayki, hech kim kelmaydi, zora murod hosil bo‘lsa… La’nati temirchi yomon urgan ekan-a!

Chub yelkasini qashib olib, yo‘lning bu tomoniga burildi. Soloxani ko‘raman deb xursand bo‘lgakidan, og‘riq ham esidan chiqdi, chirsillab turgan sovuq bo‘ronning buyug‘i ham bilinmay ketdi. Bo‘ron soqol-mo‘ylovini qor bilan shunday sovunlab qo‘ydiki, har qanday chapdast sartarosh ham bunday sovunlay olmas edi; qor bosgan shu betida gohda quvonch paydo bo‘lib, iljayib qo‘yar edi. Ammo qor bo‘roni har tarafdan gupillab, ko‘zini ochqizmay qo‘yganda, har qadamda to‘xtab, la’nati temirchi yomon urdi, deb, yelkasini silab, yana yo‘lga tushar edi.

* * *

Echkisoqol, dumli olifta oyni o‘g‘irlab, yonida osig‘liq ko‘lboriga solib qo‘ygan edi. Mo‘ridan chiqib-kirganida ko‘lbori pechkaga ilinib ochilib ketdi va oy fursatni g‘animat bilib, Soloxa uyining mo‘risidan osmonga chiqib ketdi. Olam yorishdi. Bo‘ron bo‘lmaganday, atrof boyagi-boyagiday. Yerni qoplab yotgan qor kumushdek yaraqladi, go‘yo qor ustiga billur yulduzchalar sochilgandek edi. Havo iliganday bo‘ldi. Uspirin yigit va qizlar yelkalarida to‘rvalari bilan chuvillashib tashqariga chiqdilar. Qo‘shiqlar jaranglab, ramazon aytib qirilmagan eshik qolmadi.

Oy ajab tovlanib turibdi! Bunday xushhavo kechada quvnoq qizlar, har bir hazil, har bir o‘yinga tayyor turgan sho‘x yigitlar orasida bo‘lish qanday zavqli! Egning» da po‘stin bo‘lsa sovuq yemaysan, sovuqda betlar yana battarroq yonadi. Sho‘xlikka esa shaytonning o‘zi boshlaydi.

Bir gala qizlar yelkalarida to‘rvalari bilan Chubnikiga kirib, Oksanani o‘rab oldilar. Ularning chuvillashidan temirchi esankirab qoldi. Har qaysisi birbirining gapini bo‘lib, go‘zal qizga bir yangildk aytgisi kelardi, ramazon aytib yiqqan chalpak, kolbasalarini xaltalaridan to‘kib maqtanar edilar. Oksana hali u, hali bu qiz bilan gaplashib, xaxolashib kulardi.

Temirchi qizlarning bunday quvonchlarini ko‘rib, havasi kelar, qizg‘anchiqligi tutib, o‘zi bara aytishni yaxshi ko‘rsa ham, lekin hozir uni la’natlardi.

Go‘zal qiz quvonch bilan qizlarning biriga qar-ab:

— Hoy, Odarka! Yangi kavush kiyib kelibsanmi, muncha chiroyli! Zarlig-a! Tole’ing balandda sani, har narsalar olib beradigan kishing bor. Menga kim olib beradi bunaqa kavushni, — dedi.

Temirchi darrov:

— Jonim Oks ana, xafa bo‘lma, senga unaqa-bunaqa boyning qizi ham kiymaganini olib beraman, — dedi.

Oksana yalt etib qaradi-da, uni mensimagandek:

— Sen-a? — dedi. — Qani, ko‘ray-chi, men kiyadigan kavushni qayerdan topib kelarkinsan. Malikaning oyog‘idan yechib kelsang, unda mayli!.. — dedi.

— Ko‘rdingmi buni ko‘ngli qanaqa! — deb xaxolab kulishdi qizlar.

Go‘zal qiz:

— Rost aytaman. Hammangiz guvohsiz, agar temirchi Vakula malikaning oyog‘idagi kavushini keltirsa, shu onda unga tegaman, — dedi.

Qizlar injiq go‘zalni birga olib ketdilar.

Temirchi ular ketidan chiqa turib:

— Masxara qilaver-chi, hozir o‘zimni-o‘zim masxara qilaman, o‘ylab o‘yimga yetolmay qoldim. Bilmadim aqlhushim qayoqqa ketdi. Meni sevmaydi, sevmasa sevmasin, dunyoda undan boshqa qiz yo‘qmi! Xudoga shukur, undan boshqa ham qiz bor qishlog‘imizda. Nimasi yaxshi Oksananing? Undan ro‘zg‘orni eplaydigan tuzuk xotin ham chiqmaydi, yasanishdan, o‘ziga zeb berishdan boshqani bilmaydi. Endi ahmoqlikni bas qilish kerak.

Biroq, temirchi uzil-kesil Oksanadan kechmoqchi bo‘lib turgan choqda, ko‘z oldida:

«Malikaning kavushini keltirib bersang, senga tegaman!» deb Kulib turg‘an sho‘xchan yuzi ko‘rindi. Butun vujudi iztirobga tushib, Oksanadan bo‘lak hech narsa xayoliga kirmadi.

Bara aytib yurgan qizlar bilan yigitlar bir gala bo‘lib ko‘chama-ko‘cha yugurishar edi. Ammo temirchining ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas, bir zamonlarda ko‘nglini quvontirgan bu o‘yin-kulgilarga aralashmasdan yolg‘iz borardi.

* * *

Bu orada shayton juda iyib ketdi. Sud a’zosi pop qizini ko‘rganda qilgan qiliqlarni qilib, Soloxaninr qo‘llarini o‘par, oh-voh qilib, ko‘ksini ushlab, agar ko‘nglimni olmasang, o‘zimni har narsa qilaman, suvga tashlayman, jonimni to‘ppa-to‘g‘ri saqarga[6 — Saqar — do‘zax.] yuboraman, derdi dangaliga. Soloxa uncha berahm emas edi, bundan tashqari shayton bilan sherik edi. U ketidan bir nechtasini ergashtirib yurishni yaxshi ko‘rar, suhbat qurmagan kuni kam bo‘lardi. Biroq, bu kuni kechqurun yolg‘iz o‘tirmoqchi bo‘ldi, chunki, qishloqning hamma ulug‘lari munshinikiga oshga chaqirilgan edilar. Lekin ish boshqachasiga aylanib ketdi. Shayton boyagiday qisti-bastiga olib turganda, to‘satdan da’voshining yo‘g‘on ovozi eshitilib qoldi. Soloxa eshikni ochgani chiqib ketdi, dingillagan chaqqon shayton darrov bir qopga kirib oldi.

Da’voshi tumog‘idan qorni silkitib bo‘lgach, Soloxaning qo‘lidan bir piyola araqni ichib oldi, so‘ngra bo‘ron turib, to‘polon bo‘lganidan munshinikiga bormaganini, Soloxaning uyida chiroq borligini ko‘rib, bu kecha u bilan suhbat qurmoq niyatida buyoqqa kelganini aytdi.

Da’voshi so‘zini tamom qilguncha ham yo‘q ediki, eshik taqillab, munshining ovozi eshitildi. Da’voshy shivirlab:

— Meni bir joyga bekit, meni ko‘rmasin, — dedi.

Soloxa, da’voshidek xo‘ppasemiz mehmonni qayerga bekitishni bilmay ko‘p o‘yladi, aloha ko‘mir turgan eng‘ katta qop esiga kelib, ko‘mirni bochkaga ag‘dardi: so‘laqmondek da’voshi mo‘ylovi, boshi va boshidagi tumog‘i bilan qopga kirdi.

Munshi uh-uhlab, qo‘llarini bir-biriga ishqalagancha kirib keldi, kirgach, mehmonlar kelishmaganiga nihoyatda xursand bo‘lib, bo‘ron bo‘lib turganiga qaramay, siz bilan andak suhbatlashay deb keldim, dedi. U Soloxaga yaqinroq keldi, yo‘talib olgach, iljayib kuldi, uzunchoq barmoqlari bilan uning yalang‘och semiz qo‘lini ushlab turib, ayyorlik bilan:

— Go‘zal Soloxa, bu nima? — deb sapchib o‘zini nariroq tortdi.

— Nima bo‘lardi! Qo‘l-da, Osip Nikiforovich! — dedi Soloxa.

Gap boshlash uchun qilgan daromadidan o‘zi xursand bo‘lib:

— Hm! Qo‘l deng! Xe-xe-xe! — deb qo‘ygandan keyin, uyning uyog‘idan-buyog‘iga yura boshladi.

Yana yaqiniga kelib, tomog‘idan ushlab:

— Azizim Soloxa, bu nimadir? — deb yana haligi dek sapchib chetga oldi o‘zini.

Soloxa unga:

— Osip Nikiforovich, ko‘rib turibsiz-ku nimaligi ni, bo‘ynim, bo‘ynimda marjonim! — dedi.

— Hm! Bo‘yningizda marjoningiz. Xe-xe-xe! — dedida, qo‘llarini ishqalab yana yurishga tushdi.

— Buningiz nimadir, xotinlar yaktosi?.. — Munshi uzunchoq barmoqlari bilan, qayerinidir ushlamoqchi bo‘lganda eshik taqillab, Chubning ovozi eshitildi.

Munshining yuragi yorilib:

— Yo rabbi, begona kishi-ku! Mening tagim nozik, birov ko‘rib qolsa nima bo‘ladi… Kondrat buzruk eshytib qoladilar!.. — dedi.

Ammo munshining xavotiri boshqa tomondan edi. Uz xotinidan ko‘proq xavotirda edi: hali ham xotinining dastidan boshidagi sochidan bitta qolmagan edi. Qaltirab turib:

— Marhamatli Soloxa, xudo haqi, bir iloj qiling. Sizning yaxshiligingiz hazrat Luka Kitobining o‘n uchin… Birov taqillatyapti, azbaroyi xudo, taqillatyapti! Voy, voy, yashirsangiz-chi meni biron yerga, — dedi.

Soloxa yana bir qopdagi ko‘mirni bochkaga ag‘dardi. Jussasi uncha katta bo‘lmagan munshi qopga tushib, o‘tirib edi, qopning allaqancha ko‘mir siqqunday joyi bo‘sh qoldi.

— Assalom daykum, Soloxa! — dedi uyga kirayotib Chub, — Meni keladi deb kutmagandirsan-a? Bemovrut kelib xalal yetkazdim shekillik… — dedi va go‘yo bir narsani bilganday kulimsirab iljayib qo‘ydi. Uning bu qilig‘i, befahm kallasi bironta hazil-mutoyiba so‘z aytmoq bo‘lib ancha ovora bo‘lganini ko‘rsatib turar edi:

— Balki birov bilan o‘ynashib turganmidingiz!.. Bittayarimtani yashirmadingmi-a? — Chub bu gaplariga o‘zi zavq qilib, Soloxaning ko‘ngli faqat menda, mendan boshqaga rag‘bati yo‘q, degan xayol bilan, ich-ichidan quvonib kulib yubordi. — Soloxa, qani endi arag‘ingdan keltir. Sovuqdan tomog‘im to‘ngib qolganga o‘xshaydi. E, xudo, rojdestvodek ulug‘ bayram oldida havoni shunday qilarmisan! Shunday muzlatdiki, shunday muzlatdiki, aslo qo‘yaver, bay-bay… quloq solsang-chi, Soloxa, qo‘llarim akashak bo‘lib qoldi, po‘stinimni yecholmayman-a! Bo‘ron shunday urib berdiki…

Tashqarida birov eshikni itarib «och!» dedi.

Chub, shoshib tumog‘ini olarkan, «temirchiga o‘xshaydi», deb qo‘ydi.

— Hoy, Soloxa, qayerga bekitsang bekit meni. U badbaxtning ko‘ziga sira ko‘ringim kelmaydi. Shaytonvachchaning ikki ko‘ziga govmichcha chiqsin!

Soloxaning quti uchib, jinni kishidek nima qilarini bilmay gangib qolib, munshini yashirgan qopni ko‘rsatdi. Bechora munshi davangidek odam sovuqda to‘ngib, hali erimagan etigi bilan uning ikki chakkasini bosganda ham g‘iq etmay jim o‘tiraverdi.

Temirchi indamay kirdi-yu, boshidan qalpog‘ini ham olmay, taxta ustiga yonboshladi. Avzoidan xafaligi bilinib turardi.

i Soloxa o‘g‘li ketidan eshikni yopguncha ham bo‘lmay, yana birov taqillatib qoldi. Kelgan odam kazak Sverbiguz ekan. Buni qopga joylashning iloji ham yo‘q, chunki u sig‘adigan qop topilishi qiyin. Uning jussasi da’voshinikidan kattaroq, bo‘yi Chubning og‘aynisinikidan novcharoq edi. Shuning uchun Soloxa uning gapini yaxshilab eshitmoq niyatida uni tashqariga chiqarib, ang‘izga olib kirdi.

Temirchi uyning har tarafiga parishonhol alanglab, uzoqda ramazon aytib yurganlarning ovoziga o‘qtin-o‘qtin quloq solib o‘tirib edi. Bir mahal qoplarga ko‘zi tushib qoldi; nima qilib yotibdi bu qoplar, chiqarib tashlash kerak edi. Ahmoqona muhabbat deb, jinni bo‘lib qoldim. Ertaga bayram bo‘lsa, uy yig‘ishtirilmabdi, har balo ivirsib yotibdi. Ustaxonaga oborib tashlay!

Temirchi katta qoplar ustiga engashib, avval yaxshilab bo‘g‘ib, bog‘lab, keyin orqalamoqchi bo‘ldi. Ammo xayoli parishonligi shundoq bilinib turardi, bo‘lmasa, qopning og‘zini

Скачать:TXTPDF

bo‘ldi, telpagini qattiqroq bostirib olib o‘zini, shaytonni, hamrohini koyib ketdi. Ammo uning bunday xafaligi ham ayyorlik edi, chunki bo‘ron ko‘tarilganiga xursand edi. Munshinikiga hali bosgan yo‘llariga qaraganda sakkiz marta ko‘proq