Сайт продается, подробности: whatsapp telegram
Скачать:TXTPDF
Rojdestvo arafasidagi tun

bo‘g‘ganda Chubning kokilini ham qo‘shib bog‘lab yuborganda uning vishillaganini, davangidek da’voshini hiqichoq tutib, hiqillaganini eshitgan bo‘lar edi.

«Bu yaramas Oksana xayolimdan sira ketmasmikin-a? Hech o‘ylamay desam ham o‘yimga kelaveradi, o‘chakishgandek yakkash o‘sha esimga keladi, xolos. Nega bunday ekan, kishi xohlamasa ham miyasiga kiraverar ekan-da? Nima balo bo‘ldi, qoplar og‘ir tortib qolibdimi? Ko‘mirdan bo‘lak yana biror narsa solinganga o‘xshaydi. E, esim qursin! Har narsa menga og‘ir ko‘rinaveradi endi, hech esimda yo‘q. Avval bir mirilik chaqani, ot taqasini bir qo‘lim bilan ikki bukaverardim, endi bir qop ko‘mirni ko‘tarolmayman-a! Yaqinda shamol essa yiqiladigan bo‘lib qolaman shekillik». Qeyin bir oz indamay turib, o‘ziga dalda bergandek, «yo‘q, men xotin kishi emasman! Uzimni hech kimga mayna. qildirib qo‘ymayman! Bunaqa qopdan o‘ntasi bo‘lsa ham ko‘taraman!» deb shovqinlab qo‘ydi. So‘ngra kerilib, ikkita polvon ko‘tarolmaydigan qoplarni orqalab oldi. Ichida shayton g‘ujanak bo‘lib o‘tirgan qopni ushlab, «buni ham olaymi, asboblarimni solib qo‘ygan edim shekillik» deb, qo‘shiq aytgancha tashqariga chiqib ketdi.

Xotin olmoq hazil emas

Botmon-daxsar et kerak…

Ko‘chadagi qo‘shiq, shovqin-suron tobora avjiga miidi. Yaqin oradagi qo‘shni qishloqlardan ham bir talay odam yig‘ilib, to‘polon qilib yurganlar yana ko‘paydi. Uspirin yigitlar xo‘p yayrayaptilar. Ramazon aytib yur ganlar, gohda yoshlarning birontasi shu topda to‘qigan qo‘shiqlarni ham aytib yuborardilar. Gohda jo‘ralar orasidan birov ovozining boricha baqirib, ramazon o‘rniga ashur aytib yuborardi:

Shedrik-vedrik

Varachiga keldik.

Osh bering-mosh bering,

Qazidan bir bosh bering.

Hammalari kulishib, buni aytgan qiziqchini xursand qilardilar. Darchalar ochilib, qartaygai erlari bilai uyda qolgan kampirlarning ozg‘in qo‘llari bir bo‘lak kolbasa, yoki somsa uzatar edi. Yigit va qizlar, «mengamenga» deb talashib, to‘rvalarini tutardilar. Bir joyda yigitlar qizlarni o‘rab olishgan: qiy-chuv bo‘lib, chuvillashib, bir-biriga qor otishgan, bir-birining to‘rvasini uloq qilgan. Bir joyda qizlar bir bolani chalib, to‘rvasi bilan ag‘anatgan. Tong otguncha shu zaylda to‘polon qilib chiqadigan ko‘rinadilar ular. Tun ham ularga bo‘lishgandek izg‘irinsiz, oyning nuri qordan yana ravshan tortgandek edi.

Temirchi galalashib yurgan qizlar orasida Oksananing jarangdor tovushini eshitganday bo‘lib, qoplarini ko‘targanicha to‘xtadi. Paylari titrab, orqasidagi qoplarni yerga tashlab yuborgan edi, qopning tagida o‘tirgan munshi og‘riqdan voy-voylab yubordi, da’voshining hiqichog‘i tutib, ovozining boricha hiqillab yubordi. Temirchi yelkasidagi yengil qopi bilan Oksananing ovozi kelgan qizlar to‘pi kegidan galalashib borayotgan yigitlarga qo‘shilib ketaverdi.

«Shahlo ko‘zi o‘tdek yonib malikaga o‘xshab turgan ul ekan! Barno bir yigit unga bir narsalar so‘zlayapti. Qiziq gap aytayotgan bo‘lsa kerak, qiz kulib turibdi. Ammo u doim kulgani-kulgan-ku!» Temirchi o‘zi ham bilmay, beixtiyor birdan hammani oralab o‘tib, uning qoshiga borib turdi.

Vakulani jinni qilg‘uday bo‘lgan boyagi masxaraomuz kulgi bilan: «E Vakula, shu yerdamisan! Salom! Xo‘sh! Ramazon aytib nima yig‘ding? Qoping muncha kichkina! Malikaning oyog‘idagi kavushni keltirdingmi, keltirsang senga tegaman!» dedi sho‘x qiz va kulganicha qizlarga qo‘shilib qochib ketdi.

Temirchi qoqqan qoziqday qadalib turib qoldi, «Io‘q, endi toqatim qolmadi…» dedi chidolmay. «E, xu» doyim, nega muncha chiroylig-a, qurg‘ur. Qarashi, so‘zi, har bir qilig‘i o‘rtantiradi-ya! Urtantiradi. Hech toqatim qolmadi! Endi biryog‘liq qilmasam bo‘lmaydi. Ulib ketganim yaxshi, muzni yorib suvga cho‘kaman, nomim o‘chsin!»

Keyin dadil bo‘lib, ildam-ildam yurib, qizlar to‘pi ga yetib oldi. So‘ngra Oksanaga yaqinlashib, qat’iy ohangda «xayr, Oksana! Endi ko‘nglingga yoqqan boshqasini top, boshqa kimni xohlasang ahmoq qilaver, lekin. meni bu dunyoda endi ko‘rolmaysan!» dedi.

Barno qiz taajjublanganday hayron bo‘lib qoldi, bir so‘z aytmoqchi bo‘ldi, lekin temirchi qo‘lini siltab, chopganicha ketib qoldi.

Uning chopib ketayotganini ko‘rgan bolalar, «Vakula» qayoqqa!» deb orqasidan qichqirib qoldilar.

Temirchi ularga: «Xush qolinglar, og‘aynilar! Xudo xohlasa narigi dunyoda ko‘rishamiz, ammo bu dunyoda endi birga o‘ynamoq nasib bo‘lmas. Xayr, yomon ishlarimni eslamanglar! Qondrat otamizga ayting, gunohkor arvohimga duoi-fotiha qilsin, dunyoning ishlari bilan ovora bo‘lib, aziz-avliyolarga sig‘inmadim, sham yoqmadim. Sandig‘imda nimaiki bisot bo‘lsa cherkovga xudoyi qildim! Alvido!» deb javob qaytardi.

Temirchi shunday deb, orqasida qopi bilan yana chopib ketaverdi.

Yigitlar orqasidan:

— Aqldan ozibdi shekillik, — deb qolaverdilar.

Ko‘chadan o‘tib borayotgan xudojo‘y kampir:

— Xudo uribdi, temirchi o‘zini qanday osganini borib hammaga aytay! — deb o‘zicha g‘o‘ldirab ketdi.

Vakula bir necha ko‘chadan yugurib o‘tib, dam olgani to‘xtadi. «Hammasi barbod bo‘lgandek qayoqqa chopib ketayotibman o‘zim, — deb o‘yladi u, — izlay, zaporojyeli Mechkay. Patsyukka borib maslahat qilib ko‘ray, uni, jami jinlar bilan tanish, har qanday mushkulni oson qilarmish, deydilar-ku! Mayli, borib ko‘ray, bari bir o‘lim kishisiman!» Qopda haligacha qimirlamasdan jim yotgan shayton bu gapni eshitib suyunganidan qop ichida o‘ynay boshladi. Ammo temirchi qopga o‘zim tegib qimirlatib yubordim shekilli deb, qopni bir mushtlab, silkitdi-da, Mechkay Patsyuknikiga qarab ketdi.

Patsyuk Mechkay bir zamonlar zaporojye kazaklaridan bo‘lganligi to‘g‘ri. Ammo uyoqdan haydalganmi yoki o‘zi qochib kelganmi, buni hech kim bilmas edi. Dikanka qishlog‘iga kelib turib qolganiga allaqancha, o‘n yilmi, balki o‘n besh yilmi bo‘lgan. Avval xuddi zaporojyelikning o‘zi edi, hech ishlamas, kunning uch qismini uyqu bilan o‘tqazar, olti o‘roqchining ovqatini yer, bir ko‘targanda salkam bir chelak araq ichar edi. Buncha ovqatning joylashadigan o‘rni ham bor edi, chunki bo‘yi pastroq bo‘lsa ham, eniga xiyla katta edi. Kiygan cholvorining kengligi shunchalik ediki, har qancha katta qadam tashlasa ham, oyog‘i sira ko‘rinmas, yurganda vino solinadigan bochka yurib ketayotganga o‘xshardi. Shu tufayli MecHKay laqabini olgan bo‘lsa ham ajab emas. Qishloqqa kelganiga uch-to‘rt kun bo‘lar-bo‘lmas folbinligi hammaga mashhur bo‘ldi. Birov betob bo‘lsa, darrov zoguni chaqirtirar edi; kelib shivirlab bir duo o‘qisa, har qanday dard tuzalib ketar edi. Nafsi buzuq zodagonlardan birontasiga baliqning qiltanog‘i tiqilib qolsa, Patsyuk boplab bir musht urganda qiltanoq zodagonning tomog‘iga hech eiyon-zahmat yetkazmasdan joyini topib ketardi. Lekin so‘nggi vaqtlarda u kam ko‘rinadigan bo‘lib qolgan edi. Buning sababi dangasaligi bo‘lsa ham ajab emas, ammo yildan-yilga eshikka sig‘maydigan bo‘lib borayotganligidan bo‘lsa ham ehtimol. Uning o‘zi eshikka chiqmasdi-yu, jamoa ahllaridan kimning unga ishi tushib qolsa, o‘zi borar edi.

Temirchi qo‘rqa-pisa eshikni ochib qarasa, Patsyuk chordana qurib o‘tiribdi, oldida kichkina bochkacha, bochkacha ustida tovoqda tuppa oshi; tovoqni atayin og‘ziga to‘g‘rilab baland qilib qo‘yibdi. Qo‘lini aslo qimirlatmasdav, boshini andak engashtirib tovoqdan ho‘plab ichar, gohda tuppani tishi bilan tishlab olar edi.

Vakula buni ko‘rib, «bunisi Chubdan ham battar yalqov ekan. Chub-ku, ovqatini qoshiq bilan yeydi-ya, bu qo‘lini ko‘targisi ham kelmaydi!» — deb qo‘ydi ichida.

Patsyuk tuppa oshi bilan ovora bo‘lsa kerak, ostona- dan o‘tar-o‘tmas engashib salom bergan temirchining kelganini payqamadi.

Vakula yana salom berib:

— Huzuringga iltimos bilan keldim! — dedi.

Xo‘ppasemiz Patsyuk boshini ko‘tarib qarab qo‘ydi-da.

yana tuppasini ichaverdi.

Temirchi nafasini rostlab olib:

— Achchig‘ing chiqmasin, men bu gapni seni ranjitmoq uchun aytayotganim yo‘q, sening shayton bilan ozroq qarindoshchiliging bormish, — dedi.

Vakula bu so‘zlarni aytib qo‘yib, keyin qaltis so‘zlarni bir oz yumshatmasdan, qo‘polroq qilib gapirdimmi, deb qo‘rqdi va Patsyuk tovog‘i bilan boshimga urib qolarmikan, degan xavotirda o‘zini bir chekkaga olib, tuppaning issiq sho‘rvasi betimga sachramasin, deb yengi bilan betini bekitib oldi.

Ammo Padyuk bir qarab qo‘yib, tuppasini yeyaverdi.

Temirchi sal botirlanib, yana:

— Patsyuk, xudo hech narsadan kam qilmasin, davlating ziyoda bo‘lsin, nonu tuziigga baraka bersin, men senga panoh tortib keldim! — dedi. Temirchi gohda suxandonlik ham qilib qo‘yar edi, chunki yuzboshining taxta devorini bo‘yagani Poltavaga borganda ancha pishib qolgan edi. — Men gunohga botgan bechoraman, dardimga davo yo‘q. Endi nima bo‘lsa bo‘ldi, shaytonga yalinishdan bo‘lak chora qolmadi. Nima qilay, Patsyuk? — Patsyuk indamasdan o‘tiravergach. — Qanday qilay? — dedi yana.

Patsyuk boshini ko‘tarmay tuppasini oshalarkan:

— Shayton kerak bo‘lsa, bor o‘shaning oldiga, — dedi.

Temirchi engashib salom berib:

— Shuning uchun sening qoshingga keldim-da, shaytonga eltar yo‘lni sendan boshqa hech kim bilmasa kerak, — dedi.

Patsyuk churq etmay, qolgan tuppasini yeb bo‘ldi. Temirchi uni o‘z holiga qo‘ymay:

— Rahm qilgin, yaxshi odam, yo‘q dema: cho‘chqa go‘shti deysanmi, kolbasami, oq un, qora un deysanmi, matomi, so‘kmi, nimaiki kerak bo‘lsa beray, yaxshilikka yaxshilik qaytaraman, menda qolmas… loaqal shaytonga eltadigan yo‘lni ko‘rsatib qo‘y, — derdi.

Patsyuk boyagi-boyagicha bemalol va beparvo:

— Shayton yelkasida turgan odam shaytonni qidirmaydi, — dedi.

Bu so‘zlarning ma’nosi Patsyukning manglayida yozilgandek, Vakula unga tikilib qoldi. Uning ko‘rinishidan, nima deyapti, degan savol yog‘ilardi. Sal ochilib qolgan og‘zi. Patsyuk aytgan har bir so‘zni xuddi tuppadek yutib yuborguday bo‘lib turardi. Lekin Patsyuk indamasdi.

Vakula yaxshiroq qarasa, Patsyukning oldida na bochka idish bor, na tovoqda tuppa. Lekin yerda ikkita zarang kosa turibdi, birida chuchvara, birida qaymoq. Uning xayoli, ko‘zi beixtiyor bu ovqatga qaratildi. Uziga-o‘zi «ko‘ray-chi: chuchvarani qanday yerkan, tuppani yegandek boshini eggisi kelmas, egganda ham, bari bir bo‘lmaydi, chunki chuchvarani qaymoqqa botirib olish kerak-ku», deb o‘yladi.

Vakula shunday deb o‘ylashi bilanoq Patsyuk og‘zini ochdi, chuchvaraga bir qarab qo‘yib og‘zini yana kattaroq ochdi. Chuchvara kosadan sakrab chiqib qaymoqqa tushdi, unda bir dumalab, sapchib Patsyukning og‘ziga kirib ketdi. Yeb bo‘lgach, yana og‘zini ochdi, chuchvara yana shu xilda sapchib, og‘ziga kirib ketdi. Uning ishi faqat chaynashu yutish edi.

Temirchi taajjubdan ag‘rayib, «g‘alati-ku!» deb hayron bo‘lib turib edi, chuchvara uning og‘ziga ham kirib ketayotganini fahmlab qoldi. Labi allaqachon qaymoq bo‘libdi. Temirchi chuchvarani yutib, labini artib dunyoda qanday g‘alati ajoyibotlar bo‘ladi-ya, shayton odamni qanday ishlarga boshlaydi-ya, deb o‘ylab qoldi va Patsyukdan boshqa hech kim unga yordam berolmasligini bildi. «Yana bir salom berib ko‘ray, uqdiribroq aytsin… I-ye, menga nima balo bo‘ldi, bugun o‘ta ro‘za tutadigan kun edi-ku! Chuchvara yeb qo‘ydim, chuchvara tuzlik-ku! Qanday ahmoqman, qarab turib gunohkor bo‘ldim-a! Qoch endi!» Xudojo‘y temirchi orqasiga qaramay yugurgancha uydan qochib chiqdi.

Ammo uning qopida suyunib o‘tirgan shayton, g‘animini qo‘ldan chiqargusi kelmadi. Temirchi qopni yerga qo‘yishi bilai shayton darrov chiqib, uning yelkasiga minib oldi.

Temirchining badani jimirlab ketdi. Quti uchib, qoni qochib, cho‘qinmoqchi bo‘lib turganida shayton tumshug‘ini uning o‘ng qulog‘iga yaqin keltirib:

— Men senga do‘stman, do‘stim, birodarim uchun har narsa qilaman, — keyin chap qulog‘iga chiyillab: — Pul desang istaganingcha beraman, — dedi. Qeyin tumshug‘ini yana o‘ng qulog‘iga tutib: — Oksana shu bugunning o‘zida bizniki bo‘ladi, — deb shivirladi. Temirchi o‘ylab turib:

— Xo‘p, bu baho uchun men senikiman! — dedi.

Shayton qarsak urib, xursandligidan temirchining yelkasida turib o‘yin tushib ketdi. Endi qo‘limga tushdi-yu, shaytonlarni masxara qilib solgan suratlarining alamini endi olaman, qishloqning eng yaxshi xudojo‘y odami qo‘limga tushganini sheriklarim bilsalar, nima derkinlar, derdi o‘zicha. Do‘zaxdagi quyruqlilarni qanday mazax qilishini, ularning vasvasachilikda eng birinchisi bo‘lgan cho‘loq shaytonga qanday alam qilishini ko‘z oldiga keltirib kulib yubordi.

Shayton, temirchi qochib ketmasin, degan xavotirda bo‘lganidan hali ham uning yelkasidan tushmay chiyillab:

— Lekin, Vakulka, o‘rtada bir shart bog‘lamasdan hech bir ish qilinmasligini o‘zing bilasan! — dedi.

— Nima desang men tayyorman, — dedi temirchi. — Sizlarda qon bilan qo‘l qo‘yish odatmish deb eshitdim; to‘xta, kissamdagi miximni olay! — deb qo‘lini orqasiga qilib, shaytonni dumidan tutib oldi.

Shayton kulgancha:

— I-ye, hazilkash ekansan-ku! Qo‘y hazilingni, bas! — dedi baqirib.

— Shoshma, jonginam! Manavinga qarab qo‘y-chi, nima? — deb, darrov cho‘qingandi, shayton birpasda muloyim bo‘lib, qo‘zichoqdek yuvvosh tortib qoldi. Qeyin dumidan tortib yelkasidan tushirarkan, — to‘xta-chi, yaxshi odamlarni yo‘ldan ozdiradigan, gunohga boshlaydigan sanmi, shoshmay tur! — deb uning ustiga minib oldi, keyin

Скачать:TXTPDF

bo‘g‘ganda Chubning kokilini ham qo‘shib bog‘lab yuborganda uning vishillaganini, davangidek da’voshini hiqichoq tutib, hiqillaganini eshitgan bo‘lar edi. «Bu yaramas Oksana xayolimdan sira ketmasmikin-a? Hech o‘ylamay desam ham o‘yimga kelaveradi, o‘chakishgandek