cho‘qinmoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘targan edi:
— Vakula, afv et! Nima buyursang bajo keltiraman, jonimni qiynama, tavba qildim, cho‘qintirma meni, xochingdan qo‘rqaman! — deb yalindi.
— Ha-ha! Endi boshqacha tiling chiqdimi, la’nati nemis! Nima qilishimni endi o‘zim bilaman. Hozir meni uchirib obor, qushdek uch!
Shayton g‘amgin qiyofada: «Qayoqqa?..» dedi.
— Petemburgga! To‘ppa-to‘g‘ri poshsho xotin oldiga oyoor!
Havoga ko‘tarilib uchishi bilan, temirchi qo‘rqqanidan yuragi orqasiga tortib ketdi.
* * *
Oksana temirchining g‘alati gaplarini o‘ylab, xayol surib qoldi. Temirchiga haddan tashqari jabr qilganini o‘zi ham bilib, ichida afsus yer edi. «Agar rostdan ham yomon bir ish qilib qo‘ysa nima bo‘ladi? Alamidan har narsa qilsa qilaveradi-da! Boshqa birovni yaxshi ko‘rib, o‘shani qishloqning barnosi deb maqtab yursa ham yuraveradi-da. Yo‘q, meni sevadi, mendan chiroyligi bormi! Mendan aslo ajralmaydi, hazillashib qo‘ydi-da! Un minut ham o‘tmasdan meni ko‘rgani yana qaytib keladi. Nafsambri, unga barahmlik qildim. Xohlamagandek bo‘lsa ham bir o‘pich beray. Bir suyuntiray!» Yengiltak go‘zal qiz o‘rtoqlari bilan hazillashib o‘ynab ketdi. Urtoqlaridan birsh
— Shoshmanglar, temirchi qoplarini esidan chiqazib tashlab ketibdi. Qaranglar, g‘alati qoplar-a. U ramazonni bizdaqa aytmabdi, unga bir nimtadan go‘sht ber. ganga o‘xshaydilar, kolbasa bilan non behisobdir. Mo‘lchilik, hayit o‘tguncha maza qilsak bo‘ladi, — dedi.
— Temirchining qoplarimi hali bu? — dedi Oksana ham. — Tez bo‘linglar, biznikiga oborib, yaxshilab qaraylik-chi, nimalari bor ekan.
Qizlarning hammasi kulishib, uning gapini ma’qulladilar.
Qizlar qoplarni ko‘tarib ko‘rib:
— Voy, bizlar ko‘tarolmaymiz, — deb chuvillashdilar.
— Shoshmanglar, darrov borib chana keltirib, chanaga ortib olib ketamiz, — dedi Oksana.
Qizlar chanaga yugurib ketdilar.
Munshi barmog‘i bilan qopni anchagina teshib qo‘ygan bo‘lsa ham, har holda qopga tushganlar juda zerikib qolishdi. Agar odam bo‘lmaganda, munshi bir iloj qilib chiqib olardi, ammo hamma qarab turganda qopdan chiqib, o‘zini-o‘zi mayna qilsinmi… Bu mulohaza uni sabr qilishga majbur etdi, shuning uchun, Chubning etigi ancha ezganiga qaramay, inqillab, sabr qilishga qaror berdi. Chub ham tagidagi narsa o‘tirishga noqulay, beso‘naqay ekanini sezib, u ham tezroq qutila qolishni xohlar edi. Ammo qizining boyagi so‘zini eshy. tishi bilan xotirjam bo‘ldi. Uyga yetguncha yuz qadam, balki ko‘proq yurmoq kerak. Qopdan chiqadigan bo‘lsa uyoq-buyog‘ini rostlab, po‘stinining bog‘ichini taqmog‘i, kamarini bog‘lamog‘i kerak, buning ustiga tumog‘i ham Soloxanikida qolibdi; shu mulohaza bilan, chiqmay o‘tiraverdi. Qizlar chanada eltib qo‘ysalar yaxshi emasmi, Ammo Chub o‘ylaganday bo‘lmadi. Qizlar chanaga ketgan» larida, anavi novcha, qotma og‘aynisi juda xafa bo‘lib araqxonadan chiqib keldi. Araqfurush xotin nasiyaga bermabdi. Bironta xudo yarlaqagan badavlat kelib qolib ichirarmikin degan umidda xiyla kutdi, lekin ak siga olganday, davlatmand boyonlarning barisi xudojo‘y xristian bo‘lganlaridan, uylarida bola-chaqalari bilan birga bo‘tqa osh yeb o‘tirardilar. U, odamlarning fe’li ketganligi, araqfurush juhud xotinning toshbag‘irligi to‘g‘risida o‘ylab borayotib, qoplarni ko‘rib, hayron bo‘lib to‘xtab qoldi. Uyon-buyonga alanglab qarab:
— Kim yo‘lga qopini tashlab ketibdi! Go‘sht-po‘shti bordir! Bitta-yarimta baxti ochilgan ramazon aytib yiqqanu shuncha narsani! Muncha bahaybat qoplar-a! Agar yasmiq unidan bo‘lsa ham, bug‘doy unidan bo‘lsa ham, ichi to‘la non bo‘lsa hamyomonemas. Nuqul chapati patir bo‘lsa tag‘in yaxshi. U ham shirin bo‘ladi. Araqfurush juhud xotin bitta patirga nimchorak araq beradi. Birov ko‘rib qolmasdan tezroq olib ketay! — Chub bilan munshi tushgan qopni orqalab olmoqchi bo‘ldi, lekin qarasa, juda og‘ir. — Bir kishiga og‘irlik qilarkan. Xayriyat, bo‘zchi Shapuvalenko kelyapti. Assalomu alaykum, Ostap!
Bo‘zchi ham to‘xtab, salom berdi.
— Io‘l bo‘lsin?
— Uzim. Oyog‘im qayoqqa tortsa shu yoqqa ketayotibman.
— Yaxshi kishi, shu qoplarni ko‘tarishvor. Birov ramazon aytib yig‘ib-yig‘ib, ko‘chaga tashlab ketibdi. Nima bo‘lsa bo‘lishib olamiz!..
— Qop? Nimasi bor ekan, patirmi, kulchami?
— Nima desang borga o‘xshaydi.
Darrov chetan devordan ikkita kaltak sug‘urib, qopni kaltakka qo‘yib yelkalab ko‘tarib ketdilar.
Bora turib, bo‘zchi:
— Qayoqqa oboramiz, araqxonagami? — dedi.
— Men ham o‘shatga boraylik degan edim-u, lekin badbaxt juhud xotin ishonmasdan, birovnikini o‘g‘irlab kelishdi, deb o‘ylarmikin deyman, undan tashqari, men hozirg‘ina u yerdan chiqdim. Biznikiga oboramiz, hech kim yo‘q, bemalol, xotinim uyda emas.
Bo‘zchi, ehtiyotkorlik qilib:
— Yo‘qligi aniqmi? — dedi.
— Xudoga shukur, aqlimizni yeb qo‘yganimiz yo‘q, agar uyda bo‘lsa jinni bo‘pmanmi borib. Tong otguncha xotinlar bilan valaqlashsa kerak, — dedi.
Ikki do‘stning dahlizdagi g‘ovur-g‘uvurini eshitib qolgan xotini eshikni ochib, «kimsan?» dedi.
Eri xotinining uydaligini bilib taxta bo‘lib qoldi.
Bo‘zchining ham qo‘llari shalvillab, «ana xolos!» dedi.
Uning xotini shunday qimmatbaho hazina ediki, bunday matodan dunyoda oz emas. Eri singari u ham sira uyda o‘tirmas, ertadan-kechgacha qo‘ni-qo‘shnilarnikida, badavlat kampirlarnikida yurib, ovqatlarini maqtabmaqtab, ishtaha bilan yer edi, eri bilan faqat ertalab urishardi, chunki goh-gohda faqat ertalab ko‘rmasa, bo‘lak vaqtda uni sira ko‘rmas edi. Uylari qishloq mirzasining cholvaridan ikki hissa eskiroq, tomlarining poxoli tushib ketib, uyer-buyeri ochilib qolgan edi. Gavrondan to‘qilgan chetan devor allaqachon buzilib, titilib ketgan, chunki o‘tgan-ketganlardan kimga it urgani kaltak kerak bo‘lsa, falonchining devori bor-ku, deb uydan kaltak olmay, uning devoridan sug‘urib ketardi. Pechkasi uch kunda bir yoqilar edi. Xotini saxiylardan nimaiki tama qilib so‘rab olsa, eridan yashirib, burchak burchakka tiqar va lekin eri topganini darrov araqxonada yo‘qotib kelmasa, zo‘rlik qilib qo‘lidan tortib olar edi. Eri shuncha vazminligi bilan ham xotinidan past kelishni xohlamas va aksari ikki qovog‘i ko‘karib, uydan chiqib ketar, qadrdon zaifasi esa oh-voh qilib, erining zulmidan, yegan kaltaklaridan qo‘shni kampirlarga hasrat qilgani jo‘nardi.
Bo‘zchi bilan og‘aynisining qanday sarosimaga tushib qolganlarini o‘zingiz tushunavering. Qopni yerga qo‘yib, ikkovi etaklari bilan to‘sib oldilar. Biroq, fursat o‘tdi, chunki kampir garchi ko‘zi xiraroq bo‘lsa ham, qopga allaqachon ko‘zi tushgan edi.
— Mana bu ishing yaxshi! — dedi xotin. Uning avzoyi jo‘jaga ko‘zi tushgan kalxatga o‘xshardi. — Ramazon aytib shuncha ovqat yig‘dingizmi, yaxshi odam hammavaqt shunaqa bo‘ladi, biroq o‘t-betdan urib kelganmisizlar, deb o‘ylayman. Qani, hozir menga ko‘rsating qopingizni, tez ko‘rsating deyman!
Eri kerilib turib:
— Boshida bir tuki qolmagan kal shayton ko‘rsatmasa, biz ko‘rsatmaymiz, — dedi.
— Bu narsalarni ramazon aytib topgan biz, seni ishing nima? — dedi bo‘zchi.
Xotini novcha erining iyagiga bir musht urib:
— Ko‘rsatmaysanmi hali, voy yashamagur bangi! — deb qopga chovut soldi.
Ammo eri bilan bo‘zchi mardlik ko‘rsatib, qopni bermasdan, uni chekinishga majbur qildilar. Lekin ular o‘zlariga kelguncha bo‘lmay, kampir qo‘lida temir kosov bilan dahlizdan yugurib chiqdi va kela solib, erining qo‘liga, bo‘zchining yelkasiga tushirib, qopning tepasiga kelib, o‘ziniki qilib oldi.
— Nega uni qop yaqiniga yo‘latding? — dedi bo‘zchi hushiga kelib.
— I-ye, men yo‘latdimmi, nega sen yo‘latding, axir! — dedi unisi shalvayib.
— Kosovingiz temirga o‘xshaydi-ya, — dedi bo‘zchi birpas jim turgandan keyin yelkasini qashirkan. — Utgan „il yarmarka bo‘lganda xotinim tangamiriga bio kosov olgan ekan, yomon emas… uncha og‘ritmaydi.
Zur chiqqan xotini qo‘lidagi qora chiroqni yerga qo‘, yib qopni yechib qaradi. Ammo qopni darrov ko‘rgan xi. ra kuzlari endi aldandi.
— Eh-ha, butun boshli to‘ng‘iz-ku! — dedi u suyunga. nidan chapak chalib.
— Eshitdingmi, butun boshli to‘ng‘iz ekan! Qildingqilding, sen qilding! — dedi bo‘zchi sherigini tur.
— Nima ham qila olardik, — dedi sherigi.
— Bu nima deganing? Nega qarab turibmiz? Qo‘li. dan tortib olaylik qopni, qani, boshla sen!
— Nari tur, nari tur, sening haqqing yo‘q to‘ng‘izDa, bizniki! — dedi bo‘zchi yaqin kelib.
— Nari tur, shaytonning xotini! Nima haqqing bor seni, dedi eri ham xotiniga yaqinroq kelib.
Xotini yana temir kosovga qo‘l uzatgan edi, shu payt Chub qopdan chiqib, uzoq uyqudan turgan kishidek dahliz. ning urtasida kerisha boshladi.
Kampir ikki qo‘lini soniga urib, qichqirib yubordi, hammasining og‘zi ochilib, hayron bo‘lib qolishdi.
— Nodon bo‘lmasa nega to‘ng‘iz, deydi. Bu to‘ng‘iz emas! dedi eri ko‘zini ola-kula Qilib.
— Shundoq odamni ham qopga tiqadimi! Nima desanggam, shaytonning ishi, boshqa emas, bo‘lmasa qanday qilib darchaga sig‘adi! — dedi, qo‘rqnb ketgan bo‘zchi o‘zini orqaga tashlab. Unisi bo‘lsa, tikilibroq qaraganidan keiin: «e, og‘aynim-ku!» deb qichqirib yubordi.
— Bo‘lmasa kim deb o‘ylab eding? — dedi Chub il? jaiib. Xo‘p mayna qildimmi ikkovingni? Cho‘chqa deb meni yemoqchi edingiz-a! Shoshmanglar, qopda yana bir narsa bor, to‘ng‘iz bo‘lmasa ham, bolasi tagimda yotib g‘ivir-g‘ivir qilgandi, — dedi.
Bo‘zchi bilan yo‘ldoshi birdan qopga yopishdi, xotin ham biryohdan yopishdi. Qopdan chiqishdan boshqa chora yo‘qligini bilgan munshi emaklab chiqmaganda, ular o‘rtasida yana talash boshlanar edi.
Xotinning o‘takasi yorilguday bo‘lib, munshining oyoridan ushlab tortayotgan joyida qo‘yib yubordi.
— Yana bittasi chiqdi! — deb baqirib yubordi bo‘zchi qo‘rqqanidan, — Nima balo bo‘ldi… Boshim aylanib qoldi… Endi ramazon aytganlarning qopiga kolbasa-yu, Kulcha o‘rniga odam tashlaydigan bo‘libdilar!
Hammadan battar taajjubda qolgan Chub, «Munshiku!» dedi.
— Barakalla, Soloxa! Qopga xo‘p tiqqan ekan… Nega Uyi tO‘la qop dedim-a… Endi bilsam har qopda ikkitadan odam bor ekan, yolg‘iz men bilan… deb o‘ylagan vdim, barakalla, Soloxa.
* * *
Qizlar qopning bittasini topolmay, hayron bo‘ldilar. «Mayli, shu bittasi ham bo‘ladi», dedi Oksana.
Hammalari qopga yopishib chanaga ortdilar.
Da’voshi qop ichida o‘tirib o‘yladi: «Agar qopni yechib, meni chiqaringlar deb qichqirgunday bo‘lsam, nodon qizlar, qopdagi shayton ekan, deb qochib ketishadi, ertagacha ko‘chada qolib ketaman, shuning uchun indamay jim o‘tiraverganim ma’qul».
Qizlar bo‘lsa qo‘l ushlashib, g‘archillama qorda chanaii uchirgancha olib ketdilar. Ba’zilari sho‘xlik qilib «naga o‘tirib oldilar, da’voshining tepasiga minib oluvchilar ham bo‘ldi. Da’voshi churq etmasdan bardosh berishga qaror qildi. Aloha yetib keldilar, dahliz va uyning eshigini lang ochib, xaxolashgancha qopni sudrab kirdilar, Qizlarning barisi qopki yechmoqqa urinib, «Nima bor ekan, nima ekan», deb chuvillashar edi.
Shu payt, da’voshini boyadan beri juda qiynab kelayoggan hiqichoq bilan yo‘tal shunday tutib berdiki, aslo to‘xtatolmasdan ovozining boricha yo‘talib yubordi. Qizlar qo‘rqishib, «odam yotibdi», deb chinqirishganlaricha tashqariga qochib ketdilar.
Chub eshikdan kirib kelarkan:
— Nima balo bo‘ldi sizlarga, jinni bo‘ldinglarmi? — dedi.
— Voy, dada, qopda odam bor ekan! — dedi Oksana.
— Qopda? Bu qopni qayerdan oldinglar?
Hammalari birdaniga:
— Temirchi ko‘chaga tashlab ketdi, — deyishdi.
«Ana, hali aytmadimmi», deb qo‘ydi ichida Chub.
— Nimaga qo‘rqasizlar? Qani, qaraylik-chi. Hoy odam, ismingni bilmaymiz, xafa bo‘lmaysan, qani, chiq qopdan!
Qopdan da’voshi chiqdi.
Qizlar «voy o‘lay!» deb chinqirib yuborishdi.
Chub, da’voshining boshidan oyog‘igacha qarab, ichida: «Da’voshi ham shu yo‘lga kirgan ekan-da», deb hayron bo‘lib, «ana xolos!.. Obbo!» deganicha qoldi.
Da’voshi ham Chubdan battar xijolat bo‘lib, nima deyishini bilmas edi. Keyin birpas turib:
— Tashqarida havo sovuqmi? — deb so‘radi Chubdan.
— Bir oz sovuq, — deb javob berdi Chub, — So‘rasam maylimi, etigingga qora moy surtasanmi, dumba moyimi?
Uning muddaosi boshqa edi, nima bo‘lib qopga tui ding, deb so‘ramoqchi edi, ammo nega bunday deganini o‘zi ham bilmay qoldi.
— Qora moy surtgan yaxshiroq, — dedi da’voshi, —
Chub, xayr! — deb, tumog‘ini bosdirib olib uydan chiqib ketdi.
Chub, da’voshi chiqib ketgan eshikka qarab turib:
— Etigini nima bilan moylashini nega so‘radim! — dedi o‘zicha. — Barakalla, Soloxa! Shunday odamni qopga tiqqaningga qoyilman!.. Obbo shayton xotin-e! Ofarin-e! Men ahmoq bo‘lsam… qani haligi la’nati qop?
— Anavi burchakka eltib qo‘ydim. Ichida boshqa hech narsa yo‘q! — dedi Oksana.
— Bekor aytibsan, hech narsa yo‘g‘-a! Qani, buyoqqa keltir. Yana birov bo‘lsa kerak! Yaxshilab qoqinglar… Xo‘sh, yo‘qmi?.. Ha, la’nati xotin! Ko‘rinishi avliyoga o‘xshaydi, o‘zini juda pokiza, pokdoman tutadi.
Lekin biz Chubni shu achchiq va alam ustida qoldirib, endi temirchiga kelaylik, chunki soat to‘qqiz bo‘lay deb qoldi shekilli.
Vakula osmonda juda balandga chiqib ketganidan yerga qarasa hech narsa ko‘rinmaydi; yuragiga vahima tushdi. Pashshadek bo‘lib oyning tagginasidan o‘tib ketdi; agar boshini egmaganida qalpog‘i oyga ilinib qolar edi. Ammo bir ozdan keyin sal botirlanib, shayton bilan hazillasha boshladi.