Сайт продается, подробности: whatsapp telegram
Скачать:TXTPDF
Rojdestvo arafasidagi tun

Sanobar yog‘ochdan qilingan xochny bo‘ynidan olib uning yaqiniga keltirsa, — shayton aksirib, yo‘tali tutar edi. Jo‘rttaga boshini qashimoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘tarsa ham, shayton cho‘qintirmoqchi shekilli, deb yana balandroq uchar edi. Osmon charaqlab, hammayoq yorug‘ va ravshan edi. Kumushdek tuman ichidahavo tiniq, hamma narsa ravshan ko‘rinar edi. Hatto tuvak ichiga tushib olib, shamoldek uchib o‘tib ketgan sehrgarni ham ko‘rdi; yulduzlarning to‘p bo‘lib, ko‘z bog‘lash o‘ynayotganlarini, bir tomonda allaqancha arvohlar g‘ujg‘uj bo‘lib pirillashib uchib yurganini ham ko‘rdi; oyning oldida dingillab o‘ynab turgan shayton uchib ketayotgan temirchini ko‘rib, shapkasini olib salom berganini, yalmog‘iz kampirni biron yerga eltib tashlab, endi o‘zi salt qaytib kelayotgan supurgini… xullas yana bir talay bo‘lmag‘ur narsalarni ko‘rdi. Nimaiki yo‘lda uchrasa, birpasda to‘xtab, taqachini tomosha qilib, keyin yana yo‘lga tushar edi. Temirchi uchib-uchib Peterburgga yetdi. Shu kuni shahar, bilmadim nima uchun, charog‘on ekan. Shayton yo‘ldagi govdan o‘tgach, yerga tushib arg‘u. moq otga aylandi; tsmirchi qarasa, sho‘x, chopag‘on ot ustida ko‘chada ketyapti. Yepnray! Tasur-tusur, to‘palon, dabdabasi olamni buzgunday. Ko‘chaning ikki tomonida to‘rt qavatli imoratlar. Otlarning tasur-tusuri, g‘ildiraklarning ovozi to‘rt tomondan aks-sado berar edi. Uylar tobora ko‘payib, xuddi yerdan o‘sib chiqayotganday ko‘. rinardi. Ko‘priklar lopillaydi, fayton aravalar gumburlaydi, izvoshchilar, kucherlar po‘sht-po‘shtlab qichqirishadi. Har tarafdan chopib ketayotgan ming-ming chanalar qorni to‘zitib, uchirib o‘tardi, piyodalar qator-qator shamdon osilgan devorlar tagiga siqilib borur edilar, ularning uzun-uzun tarnov bo‘yi soyalari tomga yetar edi. Temirchi har tarafga alanglar edi. Nazarida jami uylar chirog‘li ko‘zlarini unga tikib turgandek edi. Movut po‘stin kiygan boylar ko‘pligidan qaysi biriga salom berishini bilmay qoldi. «Yepiray! Boylar muncha ko‘p-ekan bunda! — derdi ichida, — Po‘stin kiygan. larning barisi sud a’zosi bo‘lsa kerak! Oynavon arava» larda o‘tganlar shahar boshlig‘i bo‘lmasa, hokimdir yoky undan ham ulug‘dir». Shu payt shayton: «To‘ppa-to‘g‘ri malikanikiga boraveramizmi?» — deb so‘rab qoldi. Temirchi ichida: «Yo‘g‘-e, vahimalik-ku! — deb qo‘ydi. — Utgan yil kuzda Dikankadan o‘tib ketgan zaporojyeliklar shu o‘rtada bir joyga tushgandirlar. Yurtlaridan poshshoga xat olib kelgan edilar; shular bilan maslahatlashsam yaxshi bo‘lardi. Hoy, shayton, darrov cho‘ntagim. ga kir, meni zaporojyelilar oldiga olib bor!» — dedi. Shayton bir lahzada ozib, jing‘archa bo‘lib qoldi va bemalol uning cho‘ntagiga tushib oldi. Vakula hash-pash deguncha ulkan bir uyga yetib keldi. Tavakkal qilib, ichkari kirdi, zinadan chiqib, eshikni ochar-ochmas, uyning dabdabasini ko‘rib vahimasi kelib, ketiga tislandi. Lekin Dikankadan kelgan zaporojyelilar qora moy surtilgan etiklari bilan shohi divanlarda chordona qurib, asil tamakilardan chekib o‘tirganlarini ko‘rib yuragi dadilroq bo‘ldi.

— Assalomu alaykum, ulug‘lar, xudo yor bo‘lsin, shunday joyda ko‘rishdik! — dedi temirchi peshanasi yerga tekkuncha engashib salom berib.

Temirchining xuddi oldiginasida o‘tirgan, yonidagidan so‘radi:

— Kim u kelgan?

— Hali tanimadinglarmi meni, temirchi Vakula bo‘laman! Kuzda Dikankadan o‘tganingizda, xudo salomat qilsin, umringiz uzoq bo‘lsin, omon bo‘linglar, salkam ikki kun qo‘ngan edingiz. Aravangizning oldingi g‘ildiragiga temir qoqib bergan edim, — dedi.

— Ha, anavi surat solishga usta temirchimi? Omonmisan, hamshahar, xudoyim nega seni bu tomonlarga keltirdi? — dedi boyagisi.

— Uzim tomosha qilgim keldi, deydilarki…

Zaporojyeli o‘ziga oro berib va ruscha gaplashishni bilganini ko‘rsatmoqchi bo‘lib:

— Xo‘sh, hamshahar, shahar katta ekanmi? — dedi.

Temirchi sharmanda bo‘lishni xohlamadi, shaharni endi ko‘rganini ham bildirgisi kelmadi. Bundan tashqari, o‘zi ham so‘zga chechan, savodi chiqqan mulla edi, shuning uchun bamaylixotir:

— Dong‘i ketgan muzofot! Nimasini aytasiz, uylar ulkan, hammasiga basavlat suratlar osig‘liq, ko‘p uylarga zar bilan bitilgan. Nimasini aytay, bag‘oyat bejirim va kelishganki! — dedi.

Zaporojyeliklar temirchining gapga bunday chechailigini ko‘rib, unga hurmatlari oshdi.

— Hamshahar, sen bilan keyin bafurja so‘zlashamiz, hozir bizlar poshsho xonimning huzuriga ketayotibmiz.

— Poshsho xonimning huzurigami! Ulug‘lar, marhamat ko‘rsatib, meni ham olib boringlar!

Rostakam katta otga mindir, deb yalinib turgan to‘rt yashar bolaga katta kishi qanday muomala qilsa, zaporojyeli ham unga shunday muomala qilib:

— Senimi? U yerda sen nima qilasan, yo‘q, bo‘lmaydi! Birodar, bizlarning poshsho bilan gaplashadigan gadshmiz bor, — deb gapini tugatdi.

Temirchi: «Birga oboring!» deb yalindi. Keyin kissasiga bir musht urib, shaytonga «so‘ra sen ham» dedi. Buni aytar-aytmas, ulardan biri «og‘alar, obora qolaylik!» dedi.

— Bizlarnikiga o‘xshagan kiyim kiy.

Temirchi yashil chakmonni endi kiyayotgan edi, eshik ochilib, oltin uqa tutgan odam kirib, otlaninglar, vaqt bo‘ldi, dedi.

Ressorlik kattakon aravada tebranib borayotganida, to‘rt qavatli uylar oldidan o‘tayotganida, uylar va tosh yo‘l o‘zi yurib ketayotgandek ko‘ringanda temirchi yana taajjubda qoldi.

«Xudoyo tavba, shuncha ham yorug‘ bo‘ladimi, bizning qishloqda kunduzi ham bunday yorug‘ bo‘lmaydi!» derdya ichida.

Aravalar bir ajoyib saroy oldiga kelib to‘xtadi. Hammalari aravalardan tushib, hashamatli bir xonaga kirdilar, keyin ko‘zni qamashtirguday yorug‘ pillapoyadan yuqoriga chiqdilar.

Temirchi o‘z-o‘ziga:

«Shunaqa ham pillapoya bo‘ladimi? Oyoq bosgani ko‘eing qiymaydi. Ana zebu ziynat! Ertaklarning barisi yolg‘on deydilar! Hech yolg‘on emas ekan! Yepiray, panjaraga qaranglar, xo‘p ishlabdi-da, bitta temirning o‘zidan ellik so‘mlik ketgan bo‘lsa kerak!» — derdi.

Zaporojyelilar pillapoyadan chiqib, eng oldindagi katta xonaga kirdilar. Temirchi parket polda oyog‘i sirg‘anib, ular ketidan zo‘rg‘a-zo‘rg‘a borar edi. Uch xonadan o‘tdilar, lekin temirchi hali ham hayratda. To‘rtinchi xonaga kirganda bsnxtiyor, devorda osig‘liq surat tagiga keldi. Bu surat qo‘lida Iso payg‘ambarni ko‘tarib turgan bibi Maryam edi. «Ajoyib surat ekan, xo‘p chiroyli yasabdi! Xuddi gapirib turgandek, tirikka o‘xshaydi-ya! Aziz bolasini qarang, qo‘llarini siqib olibdi, bola faqirning kulishini qarang! Bo‘yoqlari muncha joyib! Ye, bafarmoni xudo, bo‘yog‘ini qaranglar! Oxra bo‘yoqdan bir chaqalik ham ishlatilmabdi, nuqul loku lojivar. Toblanishini qarang lojivarni! Ishiga ofarin-a! Tag siriga nuqul asil oqdan bergan bo‘lsa kerak, — Eshik oldiga kelib, qulfini tutib ko‘rarkan, — va lekin bu surat har qancha g‘alati bo‘lsa ham, manavi jez qabza undan ham alomat ekan, xo‘p toza ishlabdida! Nemis temirchilari juda qimmatbahoga yasab bergandirlar, deb o‘ylayman…» Agar zar uqa taqqan malay kelib qo‘ltig‘idan turtib, keyinda qolmang, demasa, hali anchagacha shu zaylda anqayib turaverardi; Mehmonlar yana ikki xonadan o‘tgach to‘xtadilar. Shu yerda kutib turish buyurilgan edi. Qiyimiga oltii tikilgan bir necha generallar to‘dalashib yurar edilar. Zaporojyedan kelganlar enkayib salom bergach, hammalari bir yerga g‘uj bo‘lib turdilar. Bir lahzadan keyin xiylagina semiz, baland bo‘yli, getmancha chakmon kiygan, oyog‘ida sariq ko‘n etik, basavlat odam birtalay mahramlari bilan kirib keldi. Sochlari to‘zigan, bir ko‘zi sal g‘ilairoq, ulug‘sifat va salobatli, amr-farmon qilib o‘rganib qolgani har bir harakatidan ko‘rinib turibdi. oarvaroq kiyimlarda kerilib, savlat bilan turgan generallar darrov dabdabadan tushib, hammasi uning og‘zidan bir so‘z chiqar-chiqmas yoki sal imo qilguncha bo‘lmai ta’zim bilan darrov yugurib, uning amrini bajo keltirishga hozir bo‘lib, tipirchilab turar edilar getman. Ularni hech pisand qilmay, boshi bilan andak imo qilib, zaporojyelilar oldiga keldi Zaporojyelilarning hammalari oyog‘iga bosh urib salom berdilar.

Sal dimog‘ida so‘zlab, salmoq bilan:

— Hammangiz shundamisiz? deb so‘radi getman.

Ular yana engashib, qullo‘q qilib: «Hovva!» dedilar.

— Esingizdan chiqib qolmaydimi? Urgatganimday gapiring-a!

— Yo‘q, otamiz, esimizdan chiqmaydi!

Temirchi zaporojyelilarning biridan «podsho shumi?» deb so‘radi.

— Shoshma, podsho bu emas, Potyomkin degan shu bo‘laDi, — dedi unisi.

Narigi uydan g‘uvur-g‘uvur ovoz eshitildi. Etagi uzun shoii kuylak, orqasida burmasi bor kimxob kamzul kiigan allaqancha basavlat xotinlarni ko‘rib, temirchining ko‘zi javdirab besaranjom bo‘lib qoldi Uning kuziga faqat yaltiroq narsalargina ko‘rinar edi. Zaporojyelilar birdaniga yerga yiqilib:

— Onaxonimiz, marhamat qil! Marhamat — deb ba qirishdi.

Temirchi ham ko‘ziga hech narsa ko‘rinmay uzala tu. shib yetib oldi.

— Turinglar! dedi amirona, lekin yoqimli ovoz.

Saroy ahillaridan ba’zilari tipirchilab, zaporojyelilarni turtkilab qo‘ydilar.

— Onaxonimiz, turmaymiz, o‘lsak ham turmaymiz! — deb qichqirishdi zaporojyelilar.

Potyomkin lablarini tishlar edi, keyin aloha bo‘lmay o‘zi ular tepasiga kelib, birovi qulog‘iga shivirladi. Shundan keyin turdilar.

Temirchi ham jasoratga minib boshini ko‘tarib qarasa, o‘rta bo‘yli, moviy ko‘z, upa surtgan, to‘ladan kelgan bir xotin, yolg‘iz malikalarga xos bo‘lgan jozibali shirin tabassum bilan tspasida turibdi.

Moviy ko‘zli xotin zaporojyelilarni qiziqish bilan ko‘zdan kechirarkan:

Onhazrat, bugun, haligacha men ko‘rmagan xalqim bilan tanishtirmoqni va’da qilgan edilar, — dedi. Keyin ularga yana yaqiiroq kelib: — Tuzuk qarashyaptima sizlarga? — deb so‘radi.

— Ha, onaxonimiz, minnatdormiz! Xo‘ragimiz yaxshi (garchi bu yerning qo‘yi biznikicha bo‘lmasa ham), nega xursand bo‘lmaylik?..

Potyomkin, zaporojyelilar uning o‘rgatganini gapirmay bo‘lakcha gap boshlaganlarini ko‘rib, yuzini bujmaytirdi…

Zaporojyelilardan biri o‘ziga oro berib, oldinroqqa chiqdi:

— Onaxonimiz, marhamat qil! Sadoqatli xalqingdan nima gunoh o‘tdiki, g‘azab qilding? Totorning harom qo‘lini tutdikmi yoki biror ishda badbaxt turk bilan ittifoqlik qildikmi, fe’limizda, dilimizda senga biron xiyonat qildikmi? Nega bizga g‘azab qilding! Avval eshitdikki, bizning xilofimizga har yerda qo‘rg‘onlar solishga amr qilibsan, keyin eshitdikki, bizlarni itoat qildirib, sipohlik xizmatini o‘tamoqqa majbur qilmoqchimishsan, endi yana yangi noxush gaplar eshitib turibmiz. Zaporojye sarbozlariniig gunohi nima? Gunohi, qrimlilar bilan urush qilgan qo‘shiningni Pvrekopdan o‘tkazib generallaringga yordam berganimizPotyomkin qo‘lidagi qator-qator uzuklarning brilliant kuzini kichkina cho‘tkachada tozalash bilan ovora bulgandek indamasdan turar edi.

Yekaterina mehribonlik qilib:

— Nima tilaysiz? — deb so‘radi.

Zaporojyelilar nima deymiz degandek bir-birlariga qarab oldilar.

Temirchi ichida, podsho, tilagingiz nima deb so‘rayap. ti shekilli, vaqt g‘animat, degan xayol bilan to‘satdan o‘zini yerga tashladi.

— Ulug‘ shohimiz, bir qoshiq qonimdan kechgaysiz gunohimni o‘tgaysiz, shohona marhamatingizni ayamang, g‘azab qilmay ayting, oyog‘ingizdagi kavushingiz qanday matodan tikilgan? Bunday kavushni hech bir kosib tikolmasa kerak, hech bir mamlakatda bunday kavush bo‘dmagandir. Yo xudo, mening ham xotinim shunday kavush. dan kiysa nima qilarmish!

Malika kulib yubordi. Saroy ahllari ham kulish. di. Potemkin bir xo‘mrayar, bir kular edi. Zaporojyelilar, temirchini jinni bo‘lib qoldi, degan xayol bilan uni turta boshladilar.

Malika iltifot bilan:

— Tur! Muroding menikidek kavush bo‘lsa, mushku. ling oson, darhol keltiring, eng qimmatbaho zar kavushdan! Uning bu soddaligi menga nihoyatda yoqdi! — dedi, Sungra boshqalardan bir chekkaroqda turgan, rangpar YUZI tuladan kelgan, katta-katta sadaf tugmali kamzili uning saroyga dahldor emasligini ko‘rsatib turgan kishiga tikilib turib,qarang, sizning o‘tkir qala. mingizga loyiq bir namuna! — dedi.

Sadaf tugmalik odam ta’zim bilan:

— Marhamatli malikam, lutf va karamingiz haddan ziyoda, bu o‘rinda loaqal Lafonten lozimdir, — dedi.

— Rostimni aytsam, «Brigadir» ingiz hali ham xayolimdan ketmaydi. Ajab yaxshi o‘qiysiz! — dedi malika. So‘ngra yana zaporojyelilarga boqib: — Biroq, sizning yurtingizda uylanishmaydi, deb eshitgan edim, — dedi.

— Nega, oiaxonimiz, o‘zing xo‘p yaxshi bilasanki, odamzod xotinsiz tiriklik qilolmaydi, — dedi temirchi bilan gaplashgan haligi odam. Temirchi uning savodxonlar tilini yaxshi bila turib malika bilan gaplashganda jo‘rttaga mujik tili deyilgan bunday dag‘al tilda gapirganini ko‘rib, ichida: «Mug‘ambirlar-e! Bunday qilishi bejiz bo‘lmasa kerak!» deb qo‘ydi.

Haligi zaporojyeli:

— Bizlar tarki dunyo qilganlardan emasmiz, biz ham gunohkor bandalardanmiz. Isavilarning barisi yeingari biz ham ovqatlarga o‘chmiz. Oramizda uylanganlar ko‘p va lekin ular sechada xotinlari bilan turmaydilar. Xotinini Polshaga tashlab kelganlar ham bor, Ukrainada xotini borlar ham bor, Turk yurtida xotini borlar ham bor[7 — Zaporojyening odati bo‘yicha u yerga xotin keltirganlarga o‘lim jazosi berilardi.]. — dedi.

Shu orada temirchiga kavush keltirdilar. Temirchi uni mahkam ushlab olib:

— Xudoyo tavba, muncha chiroyli! Ulug‘ malika, muz otgani borganingizda ham oyog‘ingizga shunaqa kavush kiyib borasizmi, ajabo! Bunday kavush kiyadigan oyoqlar qanday ekan, toza qanddan bo‘lsa kerak deyman, — dedi.

Oyoqlari risoladagidek chiroyli va roso bo‘lgan malika, garchi qoracha bo‘lsa ham libosi o‘ziga yarashganidan

Скачать:TXTPDF

Sanobar yog‘ochdan qilingan xochny bo‘ynidan olib uning yaqiniga keltirsa, — shayton aksirib, yo‘tali tutar edi. Jo‘rttaga boshini qashimoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘tarsa ham, shayton cho‘qintirmoqchi shekilli, deb yana balandroq uchar edi. Osmon