Сайт продается, подробности: whatsapp telegram
Скачать:TXTPDF
Rojdestvo arafasidagi tun

kelishgan deguday soddadil temirchining og‘zidan bunday xushomadni eshitib kulimsirab qo‘ydi.

Malikaning iltifotidan taltayib ketgan temirchi, poshsholar bol bilan moydan boshqa narsa yemasliklari rostmi, yana shunga o‘xshash allanimalarni so‘ramoqchi bo‘lib turib edi, zaporojyelilarning biqiniga turtayotganlarini fahmlab, indamay qo‘ya qoldi. Malika qariyalarga boqib, ulardan yurtlaridagi rasm-rusumlarni surishtirib, hol-ahvol so‘rab turganida, sekin ketiga chig‘anib, cho‘ntagiga engashibroq: «Darrov meni bu yerdan olib ket», deyishi bilanoq, o‘zini g‘ovdan nariroqda ko‘rdi.

* * *

Bo‘zchining semiz xotini ko‘chaning o‘rtasida bir to‘p xotinni yig‘ib olib:

— Xudo ursin, suvga cho‘kdi, yolg‘on bo‘lsa turgan joyimdan siljimay o‘lay! — deb javrar edi.

— Axir, men yolg‘on gapirib yurgan xotinmanmi? Bitta-yarimtaning sigir-pigirini o‘g‘irladimmi? Birovga ko‘zim tegdimi, nega menga ishonmaysizlar? — deb baqirar edi, burni ko‘k, kazakcha ko‘ylak kiygan xotin qo‘lini paxsa qilib, — Temirchi o‘zini osganini kampir Pereperchixa o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan bo‘lsa suv icholmay o‘lay!

Chubnikidan chiqib kelayotgan da’voshi, bu gapni eshitib:

— Ana xolos, temirchi o‘zini osibdi-ya! — dedi-da, mojaro qilib turganlarga yaqinroq keldi.

— Araq icholmay o‘lay desangchi undan ko‘ra, qurib ketgur bangi! — deb javob qaytardi unga bo‘zchining xotini. — Senga o‘xshagan jinni bo‘lsa o‘zini-o‘zi osar edi, suvga tashladi, muzni yorib suvga cho‘kdi! Sening shu topda araqxonadan chiqqaningni annq bilsam, uning suvga cho‘kkanini ham shunday bilaman.

Burni ko‘kargan kampir achchig‘lanib:

— Voy manjalaqi, sharmanda, topgan gapini qarang, har kuni kechqurun munshi senikiga kirib yurganini bilmaydi, deb o‘ylaysanmi? — dedi.

Bo‘zchining xotini tutaqib ketdi.

— Munshing nimasi? Kimnikiga kiradi? Yolg‘onchi!

Ko‘k xitoyi mato bilan sirma qilib quyon terisidan tikilgan po‘stin kiygan munshining xotini mojarolashib turganlar tepasiga borib:

Munshi? — dedi cho‘zib. — Munshi bilan bo‘lgan jazosini yeydi, kim aytdi?

Burni ko‘kargan xotin bo‘zchining xotiniga ishora qilib:

— Munshi anavinikiga kirib-chiqib yuradi! — dedi.

Munshining xotini bo‘zchining xotini tepasiga o‘dag‘aylab borib:

— Sen mochag‘armi hali unga issiq-sovuq ichirib, boshini gangitib yurgan! — dedi.

Bo‘zchi xotini orqasiga tisarilib:

— Mal’un, nari tur-e! Nari tur-e, — derdi.

— Ha, la’nati yalmog‘iz, bolang o‘lsin iloyim, qurib ketgur, tuf basharangga… — munshining xotini bo‘zchi xotinining ko‘ziga tufurdi.

Bo‘zchining xotini ham uning basharasiga tufurmoqchi edi-yu, biroq, mojaroni tuzukroq eshitay deb xotinlarga yaqinroq kelib turgan da’voshining tarashlangan boshiga tufurib yubordi. Da’voshi etagi bilan basharasini artarkan: «Ha, mochag‘ar», deb qamchisini ko‘tarib dag‘dag‘a qilib edi, xotinlarning barisi har tarafga to‘zib qochdilar. Da’voshi aft-basharasini artarkan, so‘kinishini qo‘ymay: «Ha, iflos palid!» der edy yalang.

— Shunday qilib, temirchi suvga cho‘kibdi-da, xudov tovba! Xo‘p usta suratkash edi-ya! Qanday pishiq pichoqlar, o‘roqlar, omochlar yasardi! Juda kuchli azamat edi-ya, ha, — deb qo‘ydi, so‘ngra birpas o‘ylanqirab tur, gandan keyin, — qishlog‘imizda unday odam kam. Qop ichida o‘tirganimdayoq fahmlagan edim-a, bechoraning avzoi yomon edi. Ana xolos! Kecha bor edi, bugun yo‘q! Targ‘il baytalimni taqalatmoqchi edim-a!.. — Da’voshi bunday xayollarga cho‘mganicha asta-asta uyiga yetib keldi.

Oksana bu xabarni eshitib ichidan kuydi. Pereperchi. xaning o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deganiga, xotinlarning, poyma-poy gaplariga uncha ishonmas edi, temirchininy xiyla taqvodor odam bo‘lib, o‘z joniga o‘zi qasd qili» shiga ham ishonmas edi. Lekin qishloqqa sira qaytib kelmaydigan bo‘lib, bosh olib chiqib ketgan bo‘lsa ni» ma qiladi? Temirchidek azamatning topilishi qiyin. U qizni juda yaxshi ko‘rardi! Hech kim chidolmagan erka. liklarini faqat u ko‘tarib kelayotib edi-ku. Go‘zal qiz tuni bilan betoqat bo‘lib, o‘rnida tinch yotolmay uyoqdanbuyoqqa ag‘anab, tong otguncha sira uxlamadi. Goh tun qorong‘isida o‘ziga-o‘zi dakki berib to‘lg‘anar, goh orom olib, hech o‘ylamay der edi-yu, ammo xayolidan yigit ket. masdi. Kechasi bilan kuyib-o‘rtanib, ertalabgacha temir. chining maftuni bo‘ldi. Temirchining taqdiriga Chub xafa ham, xursand ham bo‘lmadi. Uning fikri yolg‘iz bir narsa bilan band: So. loxaning bevafoligini hech unutolmadi, uyquga yotib ham uni so‘kar edi.

Tong otdi. Odamlar erta sahardan butxonaga keli. sha berdi. Doka ro‘mol o‘ragan, oq movut kamzul kiygan dindor keksa xotinlar butxona eshigidan kirar-kirmas cho‘qinishardi. Ko‘k va sariq nimcha, orqasida popuqli zar to‘n kiygan boyvuchcha xotinlar hammadan oldinda turardilar. Boshiga allaqancha rang-barang lenta bog‘lab olgan, bo‘yni to‘la marjon, but va tangalar taqib olgan qizlar mehrobga yaqinroq borib olishga harakat qilardilar. Ammo hammadan oldinda mo‘ylovdor, kokil qo‘ygan, bo‘yni yo‘g‘on, iyagi tarashlangan, aksarisi tagidan oq, ba’zida ko‘k kamzuli chiqib turgan, chakmon kiygan boyu kambag‘allar aralash turardilar. Qayoqqa qarasang bayram kayfiyati. Da’voshi ro‘zasini kolbasa bilan ochmoq xayolida tamshanar edi. Qizlar yigitlarga qo‘shilib, muzda uchamiz deb suyunar edilar, kampirlar duo-fotihani bugun astoydilroq o‘qir edilar. Kazak Sverbuguz bosh egib sajda qilganda butxonadagilarning hammasiga eshitilar, yolg‘iz Oksana o‘zidan bexabardek parishon holda turar edi. Namoz o‘qiyaptimi, yo‘qmi, ma’lum emas. Biridan-biri alamli, biridanbiri g‘amgin tuyg‘ular ko‘ngliga g‘am solar, qayg‘usi shunchalik oshgan ediki, chehrasida g‘amu hasratdan o‘zga hech narsa ko‘rinmas edi. Ko‘ziga jiq-jiq yosh to‘ldi. Qizlar uning bu holiga sabab nimaligini aslo tushunolmadilar, sabab temirchi ekani ularning xayoliga ham kelmadi. Ammo xayoli temirchi bilan band bo‘lgan yolg‘iz Oksana emasdi. Qishloq ahillarining barisi nazarida bayram bayramga o‘xshamas, bir narsa yetmaganday edi. Aksiga olib, munshi ham qopga tushgandan beri xirillab qolib, duoni bo‘g‘ilib zo‘rg‘a o‘qir edi. qal’adan kelgan hofiz yaxshi o‘qisa ham, temirchining‘ yo‘qligi bilinib turardi, chunki ibodat vaqtida: «E, bor xudoyo» ni yokn «g‘ulmonlar bilan» ni o‘qiganda temirchi ham hofizlar yoniga chiqib, poltavachasiga hofizlik qilib ketar edi. Bundan tashqari, temirchidan boshqa hech kim butxonaga mutavallilik qilmas edi. Er«

Talabki ibodat o‘tdi, peshingisi ham o‘tdi, lekin temirchi hayeqqa yo‘qoldiykin?

* * *

Shayton avvalgidan ham hattitsroq jadaliga olib biz zumda temirchini uyiga olib keldi. Temirchi qarasa, uyining oldida turibdi. Xuddi shu paytda xo‘roz sichqirdi. Shayton qutuldim, deb sevinib ketmohchi bo‘lgan edi, temirchi uning dumidan tutib: «Qayoqqa borasan? Shoshma, birodar, hali ishing bitgani yo‘q/xizmating muzdini berganim yo‘q», deb qo‘liga gavron olib uch marta boplab urdi. Bechora shayton, maslahatchining darrasini yegan kambagaldek juftakni urib qoldi. Shunday qilib, odamizodning dushmani vasvasa qilib, birovni yo‘ldan ozdiraman, deb o‘zi ta’zirini yedi Qeyin Vakula og‘ilxonaga kirib, tushgacha pichan ichida uxladi. Uyg‘ongach, oftobning ancha ko‘tarilib qolganini ko‘rib, ertalabki namozni ham, tushkisini ham o‘tkazib yuboribman, deb kapalagi uchib ketdi; namozxon temirchi, o‘z jonimga o‘zim qasd qilib, imonimni sotmoqchi bo‘lganimga xudoning qahri kelib, meni g‘aflat bosdiribdi, bunday ulug‘-ayyom kunlarda butxonaga borolmayapman, deb ko‘ngli ancha xira bo‘ldi. Ammo kelasi hafgadayeq pop qoshiga borib, gunohimni aytib tovba qilay, bugundan boshlab yil bo‘yi har kuni ellik martadan sajda qilay, degan niyatni qilib uyiga kirdi; uyda hech kim yo‘q. Soloxa hali qaytib kelmabdi shekilli, Kavushni sekin avaylab qo‘ynidan oldi, kosibiga qoyil qolib, yana bir marta tomosha qildi, so‘ngra o‘tgan kechasi ko‘rgan ajoyibotlariga xo‘p taajjublandi. Keyin yuvindi, zaporojyelilardan olgan to‘nini kiyib yasanib oldi. Poltavaga borganda olgan bo‘lsa ham haligacha sira kiymagan tepasi ko‘k barra telpagini ham sandiqdan oldi. Rang-barang yangi belbog‘ini ham oldi: bularning hammasini tugib, bitta qamchinni ham qo‘shib, to‘ppa-to‘g‘ri Chubnikiga jo‘nadi.

Temirchini ko‘rib Chubning ko‘zi kosasidan chiqquday bo‘ldi. Temirchining tirilib kelganigami, uning yurak yutib unikiga kelganigami, yoki bunday yasanib zaporojyelik olifta bo‘lib kelganigami, qaysinisiga ajablanishini bilmay hayron bo‘lib qoldi. Lekin temirchi Vakula tugunni yechib, oxori tushmagan, olamda misli yo‘q yangi telpak bilan belbog‘ni Chub oldiga qo‘yib, oyog‘iga yiqilganda va:

— Otam, rahming kelsin! Mendan xafa bo‘lma! Mana qamchin, oyog‘ingga yiqildim, xohlag‘aningcha ur, tavba qildim, ur, xafa bo‘lmasang bo‘lgani! Marhum otam bilan do‘st eding axir, non-qatiq edingiz, shirinkomani ham birga ichardingiz, — deb yalinganda Chubning taajjubi yana oshdi.

Qishloqda hech kimga bo‘yin egmagan, hech kimni pisand qilmargan va bir mirilik chaqani qo‘li bilan bemalol bukkan, shunday temirchi oyog‘iga kelib yiqilganiga ichida xursand bo‘ldi. Chub obro‘sini tushirmaslik uchun qamchini olib, uning yelkasiga uch marta urdi.

— Bo‘ldi, tur! Keksalar so‘zini tingla! Urtamizdagi yomon-yaxshi gaplarni tashlaylik! Qani, gapir, muroding nima? — dedi.

— Otam, Oksanani menga ber!

Chub andak o‘ylanqirab turgach, telpak bilan belboqqa ko‘z tashlab qo‘ydi: telpak nihoyatda yaxshi, belbog‘ ham undan qolishmas edi. Soloxaning bevafoligi esiga tushib ketib:

— Ma’qul! Sovchingni yubor! — deb yubordi.

Oksana uyning ostonasiga qadam qo‘yishi bilan temirchini Ko‘rib, «voy!» degancha hayron bo‘lib, suyunganidan unga tikilganicha qoldi.

— Ko‘r-chi, qanday kavush keltyrdim senga! Malikaning oyeg‘idagi kavushdan! — dedi Vakula.

Oksana ko‘zini undan olmay, qo‘llarini siltab.

— Io‘q, yo‘q, kerakmas, kavush keltirmasang ham men… — Oksana so‘zining uyog‘ini aytolmasdan qizarib ketdi.

Temirchi unga yaqinroq kelib, qo‘lidan tutdi. Barno qiz ko‘zini olib qochib yerga qaradi. Qiz aslo shu topdagidek go‘zal ko‘rinmagandi. Shavqi oshib shodlangan temirchi uning yuzidan sekin o‘pgan edi, yuzi qizarib, husni yana oshdi.

* * *

Marhum arxiyerey bir kuni Dikanka qishlog‘idan utib borayotganida bu yerni maqtab, bir ko‘chada yangi solingan uy oldiga kelib to‘xtadi. Hazratlari, eshik oldida qo‘lida bolasi bilan turgan chiroyli xotindan:

— Bunday ajoyib sirlangan uy kimniki? — deb so‘radilar. Eshik oldida turgan xotin, ta’zim bilan:

— Temirchi Vakulaniki! — dedi.

Xotin Oksaianing uzi edi. Hazratlari uyning eshik va darchalarini tomosha qilarkan:

— Xo‘p yaxshi ishlanibdir, yaxshi! — deb qo‘ydilar. Derazalarning to‘rt tomoni qizil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, eshiklarda og‘zida chilimi bilan ot minib turgan ka zaklarning surati solingan edi. Ammo hazratlari Vakulaning tovbasini buzmay tekinga butxonaning chap tomoniga ko‘k buyoq ustiga qizil bilan gul solib bo‘yab berganini eshitib yana ham alqadilar. Bundan tashqari, butxonaga kiraverishda chap tomondagi devorga, shayton mal’unning do‘zaxda yonayotgan suratini solib qo‘ydi; shayton bachchag‘arni shunday xunuk-badnom qilib soldi» ki, kimki o‘tsa tufurib o‘tar edi; xotinlar bo‘lsa bolalari yig‘lay bersa surat oldiga olib kelib: «Anavini qara, muncha tasqara-ya!» derdilar. Bolalar ham darrov ko‘z yoshlarini artib, suratga bir qing‘ayib qarardilar-da, onalarining bag‘riga yopishib olardilar.

1832.

1 Burungi vaqtda Ukrainada «Kolyadka» aytish odati bor ekan. Bu bizning «yoramazon» ga o‘xshab ketganidan uni «yoramazon» deb tarjima qildik. (Tarj.)

«Bizda ertaga rojdestvo degan kuni kechqurun odamlarning eshigiga borib qo‘shiq aytishni kolyadovat deydilar. Uyning egasi kolyadka aitib kelgan kishining to‘rvasiga kolbasami, nonmi yok. chaqami, ishqilib, Har kim topganini tashlaydi. Bir zamonlarda Kolyadka, degan bir tentak o‘tgan ekan, uni avliyo hisoblagan ekanlar. Kolyadka aytish shundan qolgan ekan. Kim bilsin, rostmi yolg‘onmi? Buni muhokama qilish bizdek nodonlarning ishi emas Utgan iili Osip hazrat, kolyadka aytish, shaytonni sharaflash bilan teng, deb ta’qiqlamoqchi bo‘lgan ekan. Ammo to‘g‘risini aitganda kolyadkada boyagi Kolyadka haqida bir og‘iz ham so‘z yo‘q. Ko‘proq Isoning tug‘ilgani to‘g‘risida qo‘shiq aytadilar. keyin oxirida uyning egasini uning bola-chaqalarini duo “kiladilar”. Arichining sharhi. (Gogol izohi).

2 Fransuzmi, ruminmi, shvedmi, ishqilib, boshqa yurtdan kelganlarning hammasini bizda nemis, deydilar. (N. V. Gogol izohi).

3 Yareski — Poltava gubernyasi. Mirgorod uyezdidagi bir qishloq.

4 Stryapchiy — Ro‘zg‘or ishlarini olib boruvchi saroy xodimi.

5 Ponomar — pravoslav cherkovida jom chaluvchi.

6 Saqar — do‘zax.

7 Zaporojyening odati bo‘yicha u yerga xotin keltirganlarga o‘lim jazosi berilardi.

Скачать:TXTPDF

kelishgan deguday soddadil temirchining og‘zidan bunday xushomadni eshitib kulimsirab qo‘ydi. Malikaning iltifotidan taltayib ketgan temirchi, poshsholar bol bilan moydan boshqa narsa yemasliklari rostmi, yana shunga o‘xshash allanimalarni so‘ramoqchi bo‘lib turib